Maxfiylik siyosati

Turkiston xalqaro texnikumi — «Turkiston Tech» mobil ilovasi

Ushbu siyosat Turkiston xalqaro texnikumi (MCHJ «TURKISTON TIBBIYOT TEXNIKUMI», Buxoro sh.) talabalari uchun mo'ljallangan «Turkiston Tech» ilovasi shaxsiy ma'lumotlarni qanday ishlatishini tushuntiradi.

Oxirgi yangilanish: 25.09.2026

Qanday ma'lumotlar ishlatiladi

Ilovaga faqat texnikum bergan 6 xonali shaxsiy kod bilan kiriladi. Ilova texnikumning o'quv bazasidagi ma'lumotlaringizni ko'rsatadi: F.I.Sh., telefon raqami, guruh, yo'nalish, kurs, tug'ilgan sana, kontrakt va to'lovlar.

Ilovada qo'shimcha ravishda saqlanadi: siz yuklagan profil rasmi, kontrakt to'lovi cheklari, murojaatlaringiz, test natijalari, XP va yutuqlar, bildirishnomalar uchun qurilma tokeni.

Nima uchun

To'lov cheklarini tekshirish

Yuborilgan chek rasmlari texnikum serverida saqlanadi. Takroriy va soxta cheklarni aniqlash uchun ular avtomatik tekshiriladi, jumladan sun'iy intellekt xizmati (OpenAI) yordamida chekdagi summa, sana va rekvizitlar o'qiladi. To'lovni tasdiqlash yoki rad etishni faqat texnikum xodimi hal qiladi.

Uchinchi tomon xizmatlari

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Ilovada reklama yo'q.

Himoya va saqlash

Ma'lumotlar shifrlangan (HTTPS) aloqa orqali uzatiladi va texnikum serverida saqlanadi. Sessiya qurilmada xavfsiz xotirada saqlanadi, ilova faqat sizning o'z ma'lumotlaringizni ko'rsatadi. Ma'lumotlar o'qish davomida va texnikum hujjatlarini yuritish qoidalarida belgilangan muddatgacha saqlanadi.

Sizning huquqlaringiz va ma'lumotlarni o'chirish

Noto'g'ri ma'lumotni tuzatishni, profil rasmingizni yoki ilova orqali yuborilgan ma'lumotlarni (murojaatlar, bildirishnomalar, qurilma tokeni) o'chirishni so'rashingiz mumkin. Profil rasmini ilovaning o'zida (Profil → rasm → «Rasmni o'chirish») o'chirasiz, hisobdan chiqqanda qurilma tokeni o'chiriladi.

Boshqa so'rovlar uchun ilovadagi «Murojaat yozish» bo'limidan yoki quyidagi aloqa orqali murojaat qiling. Texnikumning o'quv va moliyaviy hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda saqlanadi.

Aloqa

Turkiston xalqaro texnikumi, Buxoro shahri.
Telefon: +998 91 444 66 44
Telegram: @uygoo_support
Sayt: tmtedu.uz